Bugun Termiz Davlat Universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Yoshlar daftari va metsenantlik loyihalari koordinatori hamda "Imkon" klubi Volontyorlari tashabbusi bilan 6-talabalar turar joyida inklyuziv ruhdagi davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda imkoniyati cheklangan talabalar ham faol ishtirok etib, samimiy va doʻstona muhit yaratildi.
Dastlab buyuk shoirlarimiz ijodidan sheʼrlar aytildi. Soʻng qiziqarli shartlar va interaktiv oʻyinlar va foydali psixologik treninglar orqali ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashildi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan talabalar hamda volontyorlar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Ushbu uchrashuv barchada iliq taassurot qoldirib, mehr-oqibat va oʻzaro qoʻllab-quvvatlash muhitini yanada mustahkamladi.
Chunki haqiqiy inklyuziya — bu hech kimni chetda qoldirmaslikdir.


