Inson salomatligi yo‘lida ezgu ishlarni amalga oshirish xalqimizning bag‘rikengligi va insonparvarlik fazilatlarining yorqin namunasidir. Ana shunday savobli tashabbuslardan biri bo‘lgan “MEN DONORMAN!” xayriya aksiyasida Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti talabalari ham faol va ko‘ngilli tarzda ishtirok etdilar.
Bo‘lajak fizik va matematiklar bugun nafaqat ilm-fan yo‘lida, balki insoniylik va mehr-oqibat borasida ham o‘rnak bo‘lishdi. Talabalar o‘z ixtiyorlari bilan qon topshirib, og‘ir ahvoldagi bemorlar salomatligini tiklashga munosib hissa qo‘shdilar.
Mazkur aksiya yoshlar orasida saxovat, hamjihatlik va insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
“Ezgulik qilish uchun alohida imkoniyat kutish shart emas, buning uchun inson qalbida mehr bo‘lsa kifoya.”


