19-may, 2026
3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni doirasida Termiz davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar daftari va metsenatlik loyihalari koordinatori hamda Xorijiy filologiya fakulteti faol talabalari tashabbusi bilan 6-TTJda istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan talabalarga kitoblar taqdim etdi.
Tashabbusning maqsadi — yoshlar o‘rtasida mehr-oqibatni kuchaytirish, inson qadrini ulug‘lash va imkoniyati cheklangan talabalarning ma’naviy dunyosini qo‘llab-quvvatlashdir.
Ezgu amallar davom etadi.