19-may, 2026
Termiz Davlat Universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan imkoniyati cheklangan talabalar bilan birgalikda inklyuziv shaxmat–shashka musobaqasi tashkil etildi.
Tadbirning maqsadi — talabalarga teng imkoniyat yaratish, ularning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqa do‘stona ruhda o‘tdi, talabalar o‘zining mantiqiy fikrlashi va strategik yondashuvini namoyish qildilar.
Faol ishtirokchilar hamda gʻoliblarga diplom va sertifikatlar topshirildi.
Inklyuziv muhit yaratish — bizning ustuvor vazifamiz.