19-may, 2026
Yil boshidan buyon ishlab chiqilgan reja grafigiga asosan 17 ta fan yo‘nalishlari bo‘yicha malakali professor-o‘qituvchilardan tashkil topgan mobil metodik guruh a’zolari tomonidan Zoom platformasi orqali onlayn mashg‘ulotlar o‘tilmoqda
Masalan bugun maktablarning tarix fani o‘qituvchilari uchun jahon tarixi kafedrasi professori, t.f.d. (DSc) T.R.Pardayevning "Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqaro munosabatlar" mavzusidagi ochiq mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.