1-iyun, 2026
Sambo bo‘yicha Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan Osiyo va Okeaniya davlatlari chempionatida talabalarimiz munosib ishtirok etayotganidan xabaringiz bor.
Nufuzli musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra 4 nafar talabamiz O‘zbekiston terma jamoasiga 3 ta oltin va 1 ta bronza medallar shodasini taqdim etdi.
Iftixor etadigan sportchilarimiz;
57 kg vaznda Xurshida Abduvohidova,
72 kg vaznda Dilnoza Qaimova,
Para sportchilarimiz;
88 kg vaznda Turg‘un Abdiyev,
64 kg vaznda Isoxjon Abduraxmonov medalini qo‘lga kiritdi.
Bu yutuqlar albatta katta dovonlar uchun tramplin vazifasini o‘taydi.