19-may, 2026
Termiz davlat universiteti qabul komissiyasining aloqa markazi (Call-center) xodimlari abituriyentlarni qiziqtirgan har bir savolga tezkor va aniq javob berishmoqda.
Sizni ham qabul to'g'risida qandaydir savol qiynayotgan bo'lsa, 76 228 03 40 raqamiga qo'ng'iroq qiling va huquqiy tushuntirishlar oling. Bundan tashqari qabul komissiyasi negizida "Abituriyentlar shtabi" tashkil etilgan bo‘lib hujjatlar topshirish bilan bog‘liq barcha jarayonlarga amaliy ko‘rsatma va tavsiyalar beriladi.