15-aprel, 2026
TerDUda yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish maqsadida, universitet psixologi va fakultet tyutorlari tashabbusi bilan “Yashash uchun 1000 sabab!” aksiyasi tashkil etildi.
Unda ramziy ma’nodagi “Hayot daraxti”ga talabalar, professor-o‘qituvchilar o‘z maqsadlari, hayotning mazmuni deb bilgan fikrlarini yozib qo‘ydilar.
Bu tashabbus ortida ne’matlarni yo‘qotmasdan qadriga etish, maqsadlarni teranlashtirishdek ezgu muddao mujassam.