Energiyani tejaydigan jihozlar
Termiz davlat universitetining 2024-2027 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasida universitetda energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Universitetning barcha bino va inshootida svetodiodli manbalarni o‘z ichiga olgan sensorli datchiklar va led lampalar, reaktiv quvvatni kamaytirish orqali elektr energiyasini tejashga yordam beradigan kondensatsiyalovchi qurilma, fotoelektr stansiyalar va kollektorlar qurilishi, binolarda issiqlik energiyasini tejovchi bazalt qoplamalar energiya samarador deraza bloklarini o‘rnatish bo‘yicha dasturiy ro‘yxatlar tasdiqlanib amalga oshirilmoqda.Termiz davlat universitetida Energiyani tejaydigan jihozlardan foydalangan holda energiya tejamkorlik ko‘rsatkichi: 80 % bo‘lib bu natijaga erishish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:
Elektr energiya tejamkor qurilmalar
- Sensorli datchiklar va led lampalar
Termiz davlat universitetining barcha bino va inshoatlarida zamonaviy, energiya tejovchi 55 508 dona led lampalar bilan jihozlangan, shuningdek, tashqi yo‘laklar, sport maydonlari, binolar atrofi quyoshdan zaryad oluvchi sensorli va infraqizil datchikli (avtomatik o‘chib yonuvchi) tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgan.
Termiz davlat universitetida o‘rnatilgan elektr energiya tejovchi LED lampalar universitetning umumiy elektr energiya tejalishidagi ulushi quyidagi tarzda hisoblanadi:
Formula: eski ko‘rinishdagi cho‘g‘lanmali lampalar = 55508x100 Vt × 1 soat × 300 kun = 1 665 240 kVt (teoretik maksimal).
Formula: zamonaviy energiya tejovchi led lampalar = 55508x15 Vt × 1 soat × 300 kun = 249 786 kVt (teoretik maksimal).
Bundan kelib chiqadiki
Eski lampalardagi sarf: 1 665 240 kVt;
LED lampalardagi sarf: 249 786 kVt;
Tejalgan energiya: 1 415 454 kVt;
Ulush = (1 415 454 kVt / 1 665 240 kVt) × 100% = 85%.
- Kondensatsiyalovchi qurilma
Hozirda universitetning suv ta’minoti tizimiga 1 dona 150 Kvar va 1 dona 300 Kvarlik elektr tizimlarda reaktiv quvvatni kamaytirish orqali elektr energiyasini tejashga yordam beradigan kondensatsiyalovchi qurilma (stat kondensator) o‘rnatilgan.
Termiz davlat universitetida o‘rnatilgan energiya tejovchi kondensatsiyalovchi qurilma universitetning umumiy elektr energiya tejalishidagi ulushi quyidagi tarzda hisoblanadi:
Formula: 55kVt li suv nasosi stat kondensatorsiz ishlaganda: = 55 kVt x 24 soat × 365 kun = 481 800 kVt (teoretik maksimal).
Formula: 55kVt li suv nasosiga stat kondensatori o‘rnatilganda = (55 -5,5%)× 24 soat × 365 kun = 455 301 kVt (teoretik maksimal).
Bundan kelib chiqadiki
55kVt li suv nasosi stat kondensatorsiz ishlaganda sarf: 481 800 kVt;
55kVt li suv nasosiga stat kondensatori o‘rnatilganda sarf: 455 301 kVt;
Tejalgan energiya yiliga o‘rtacha: 26 499 kVt;
Ulush = (26 499 kVt / 481 800 kVt) × 100% = 5,5%.
- Quyosh suv isitish kollektori
Universitetda elektr va gaz energiyasini tejash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlardan yana biri 3-Talabalar turar joyi binosi tom qismida har biri 200 litrlik 10 dona 2000 litrlik quyosh suv isitish kollektori o‘rnatilgan.
Termiz davlat universitetida o‘rnatilgan elektr va gaz energiya tejovchi Quyosh suv isitish kollektori universitetning umumiy elektr va gaz energiya tejalishidagi ulushi quyidagi tarzda hisoblanadi:
Formula: Suv isitish odatiy elektr boyler sarfi = 2000 x 0,06 kVt × 4 soat × 300 kun = 144 000 kVt (teoretik maksimal).
Bundan kelib chiqadiki
Tejalgan energiya yiliga o‘rtacha: 144 000 kVt.
Elektr energiya sarfini tejovchi qurilish materiallari
- Bazalt qoplamalar
Termiz davlat universitetining zamonaviy binolari bazalt qoplamalar bilan barpo etilgan. Bu binolarda issiqlik energiyani tejash uchun xizmat qiladi. Bazalt issiqlik saqlovchi plitalari issiqlikni tejash bilan birga ovoz o‘tkazmaydi va yong‘indan himoya qiladi. Mahsulot alohida qayta ishlashni talab etmaydi hamda kimyoviy reaksiyalarga bardoshli va uzoq vaqt davomida foydalanishga mo‘ljallangan. Bazalt qoplamalar binolarda yoz kunlari salqin havoni va qishda issiq havoni samarali saqlab beradi. Ushbu bazalt issiqlik saqlovchi plitalar quyidagi maksimal haroratga bardoshli: - 180 + 7C +700 ⁰C
- Energiya samarador ko‘p kamerali alyuminium eshik, deraza romlari
Termiz davlat universiteti barcha binolari energiya samarador ko‘p kamerali deraza va eshiklari bilan jihozlangan. Bunday deraza va eshik romlari yoz kunlari salqin havoni va qishda issiq havoni samarali saqlab beradi. Romlar germetiklikni ishonchli ta’minlaydi, demak issiqlik yo‘qotilishi kamayadi, ko‘chadan issiq havo kirishi cheklanadi va xona ichida barqaror harorat saqlanadi. Bularning barchasi iqlim tizimlariga og‘irlikni sezilarli darajada kamaytiradi – konditsioner va isitkichlar kamroq va tejamkor rejimda ishlaydi. Energiya tejash darajasi, ko'p kamerali alyuminiy eshik va deraza romlari, asosan, materialning termal o'tkazuvchanligi (U-qiymati) va energiya samaradorlik darajasiga (R-qiymati) bog'liq bo'lib, odatda 15 foizdan 40 foizgacha energiya tejashga olib keladi.
- Shisha tolali jun
Universitet binolari tom qismi shisha tolali batt bilan qoplangan bo‘lib yoz kunlari salqin havoni va qishda issiq havoni samarali saqlab, xona haroratini mo‘tadil ushlab turishga xizmat qiladi. Bundan tashqari binolar orasida issiqlik quvvati maksimum kam miqdorda yuqotish maqsadida uzatuv quvulari yuqori izalayatsiyalovchi shisha tolali jun mahsulotlari bilan qoplangan.
Universitetga o‘rnatilgan yuqoridagi elektr energiyasini tejovchi jihozlardan foydalangan holda 1 yillik istemolimizga nisbatan tejab qolinadigan energiya miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan:
|
№ |
Jihozlar |
Tejalgan elektr energiya qiymati(kVt) |
|
1 |
Led lampalar |
1415454 |
|
2 |
Kondensatsiyalovchi qurilma |
26499 |
|
3 |
Suv isitish kollektori |
144000 |
|
|
Jami |
1585953 |
Universitetning 1 yillik umumiy elektr energiya sarfi – 1980000 kVt
Tejalgan elektr energiya qiymati-1585953Yillik energiya sarfi-1980000*100=80 %
Termiz davlat universitetida Energiyani tejaydigan jihozlardan foydalangan holda energiya tejamkorlik ko‘rsatkichi: 80 %