Barqaror yonilg'i
Termiz davlat universitetida past uglerodli texnologiyalar va innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash
Termiz davlat universiteti o‘zining ilmiy salohiyati va innovatsion imkoniyatlarini amaliy sohalarda qo‘llash orqali past uglerodli iqtisodiyot va texnologiyalarni rivojlantiruvchi startaplarni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda universitetda Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tashkil etilgan.
Mazkur bo‘limning asosiy vazifasi — universitetdagi dolzarb ilmiy va texnologik mavzular bo‘yicha talabalar, magistrlar, doktorantlar hamda ilmiy izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashdir. Bu qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
Ilmiy loyihalarni texnik va iqtisodiy jihatdan tahlil qilish, startap loyihalarini rivojlantirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha maslahat berish, moliyaviy ta’minot va grantlarni jalb qilish orqali innovatsion ishlanmalarni amalda tatbiq etish, past uglerodli va ekologik toza texnologiyalarni tijoratlashtirish.
Bo‘limning faoliyati universitetning barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot strategiyalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, talabalar va ilmiy izlanuvchilarni innovatsion va ekologik yo‘naltirilgan loyihalarni ishlab chiqishga rag‘batlantiradi. Shu tariqa, Termiz davlat universiteti o‘z jamoasida ilmiy izlanishlarni amaliyotga tatbiq etish, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega startaplarni yaratish imkoniyatini kengaytiradi va mintaqaviy innovatsion ekotizimni mustahkamlaydi.