Xodimlar ish haqi
Termiz davlat universiteti o‘z xodimlari, shu jumladan professor-o‘qituvchilarining ijtimoiy himoyasi va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda universitetda barcha xodimlar va professor-o‘qituvchilarga iste’mol savatchasi orqali aniqlangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan o‘rtacha 7-8 barobargacha ish haqi to‘lanadi.
Bugungi kunda, O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 115,5 ming so‘m ekanligini hisobga olsak, TerDU xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 8-9 million so‘m bo‘ladi.
Bundan tashqari, universitet har bir chorakda, har bir bayramda hamda yil oxirida oylikdan tashqari o‘z xodimlariga moddiy rag‘batlar beradi.
Mazkur amaliyot Termiz davlat universitetining xodimlarga bo‘lgan e’tiborini, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash siyosatini hamda ijtimoiy mas’uliyatini yaqqol namoyon etadi.