Kampusda Plastik Chiqindilarni Kamaytirish Bo‘yicha Harakatlar Rejasi
Termiz davlat universitetining rivojlanish strategiyasida chiqindilarni qayta ishlashni muhim ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Strategik maqsadlardan biri sifatida universitetda ekologik madaniyatni oshirish va talabalarni “yashil hayot tarzi”ga jalb qilish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy va amaliy tadbirlarni tashkil etish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va qayta ishlash infratuzilmasini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan, chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy loyihalar soni ko‘paytirilmoqda. Jumladan, universitet o‘quv va yordamchi binolariga chiqindilarni dastlabki saralash va yig‘ish qutilari (konteynerlar) o‘rnatilishi, chiqindilarni qayta ishlashga asoslangan o‘quv va ilmiy loyihalarni moliyalashtirish, “yashil kampus” konsepsiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi tashabbuslar rejalashtirilgan. Ushbu strategik yondashuv Termiz davlat universitetining chiqindilarni qayta ishlashga moslashuvchan, ekologik mas’uliyatli va barqaror rivojlanayotgan oliygoh sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
Kampus bo‘ylab chiqindilarni manbada ajratish tizimini joriy etish: organik, noorganik, xavfli, qayta ishlanadigan va elektron chiqindilarni alohida to‘plash
Termiz davlat universitetining 5 ta kampuslari hamda ularning atrofida umumiy sig‘imi 190 m3 bo‘lgan chiqindilarni saralash hususiyatiga ega bo‘lgan, yig‘uv qutilari (konteynerlari) va hududlar mavjud. Bularda universitet hududida yig‘ilgan chiqindilarni organik, noorganik, xavfli, qayta ishlanadigan va elektron kabilarga dastlabki ajratish imkoni mavjud hamda ular universitet kampuslari bo‘ylab teng taqsimlab joylashtirilgan.
Termiz davlat universitetida 2024-yilda 126 tonna chiqindi chiqarilgan. Shundan 82 tonnasi TexnoBioEko korxonasi bilan tuzilgan 722-sonli shartnomaga muvofiq universitet hududidan tashqariga olib chiqilgan holda qayta ishlanadi.
Yillik chiqariladigan chiqindi: 126 tonna;
Yillik qayta ishlanadigan chiqindi: 116 tonna;
Chiqindini qayta ishlash bo‘yicha ortiqcha quvvatlar: 45 tonna;
Ulush = (116 tonna / 126 tonna) × 100% = 92 %.
Bu koʻrsatkich universitetda chiqarilayotgan chiqindini toʻliq qayta ishlashlanilishini va ortiqcha qayta ishlash quvvatlaridan boshqa tashkilotlar chiqindilarini qayta ishlashda qoʻllash imkoniyati mavjudligini anglatadi.