Barqaror baliqchilik va akvakultura bo‘yicha ta’lim dasturlari
Termiz davlat universiteti Zoologiya kafedrasi o’qituvchisi Allayarov Sirojiddin Kamolovich o’z ilmiy ish dissertatsiyasida “Surxondaryo suv havzalarining baliqlari (actinopterygii: teleostei) faunasi” mavzusida 2024-yilda ilmiy ishlar olib borilgan.
Surxondaryo suv havzalari ixtiofaunasining zamonaviy turlar tarkibi 7 turkum, 15 oila va 34 urugʻga mansub 37 turdan iborat ekanligi aniqlangan.
Termiz davlat universitetida baliqchilik, akvakultura va turizmning barqaror boshqaruvi bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib unda universitetdan tashqari viloyatdagi tashkilotlar xodimlariga “Ixtiologiya” seminar-treninglar o‘qitilib kelinmoqda.
Ushbu dastur doirasida viloyatdagi baliqchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarga baliqchilikni rivojlantirish, baliq chavoqlarini yetishtirish bo‘yicha kurs davomida hududdagi 62 ta baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga akvakulturada intensiv usulda baliq yetishtirish bo‘yicha seminarlar olib borildi.
Shuningdek, “Barqaror turizmning rivojlanishi” fani ham universitet talabalariga o‘qitilib kelinmoqda. Ushbu fan turizm sohasini ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan barqaror ravishda rivojlantirish prinsiplari, resurslardan oqilona foydalanish va mahalliy jamoalar manfaatlarini himoya qilishni o‘rgatadi.