Mukammal ta’mirdan chiqqan universitet kampusidagi yirik umumovqatlanish nuqtalaridan biri bugundan o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Yozgi ta’til davridan boshlangan ta’mirlash ishlari jarayonida oshxonaning sanitariya gigiyena sharoitlari talab darajasiga keltirildi, fuqaro muhofazasi, xavfsizlik me’yorlarini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha qurilishlar olib tash. Bundan tashqari nafaqat talabalar va ustozlar, balki oshpazlar hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun ham qulayliklar yaratildi. Zamonaviy, tejamkor va samaradorligi yuqori bo‘lgan maishiy texnikalarning o‘rnatilishi 10 dan ortiq taomlarni yanada sifatli va maqbul narxlarda taqdim etilishiga zamin yaratmoqda.
An’anaga ko‘ra, oshxona ish boshlashi munosabati bilan ehson oshi ham tarqatildi.
TerDU talabalari professor-o‘qituvchilari va mehmonlari uchun zamonaviy sharoitda xizmat ko‘rsatuvchi ushbu maskan shubhasiz, xo‘randalarga yangicha ruhda va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi.


