Kam uglerodli energiya sarfi ko‘rsatkichlari
Termiz davlat universitetining 2024-2027 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish muhim ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Strategik maqsadlardan biri sifatida ekologik barqarorlik, uglerod chiqindilarini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan, quyosh energiyasi bo‘yicha amaliy loyihalar soni ko‘paytirilmoqda. Jumladan, yangi obyektlarga quyosh panellari o‘rnatilishi, yashil energiyaga asoslangan o‘quv va ilmiy loyihalarni moliyalashtirish, “yashil kampus” konsepsiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi tashabbuslar rejalashtirilgan. Ushbu strategik yondashuv Termiz davlat universitetining iqlim o‘zgarishlariga moslashuvchan, ekologik mas’uliyatli va barqaror rivojlanayotgan oliygoh sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
Termiz davlat universitetida hozirgi kunda umumiy quvvati 3070 kVt boʻlgan quyosh fotoelektrostansiyalari faoliyat yuritmoqda. Shundan 350 kVt quvvatga ega quyosh panellari universitetning binolari va avtoturargohlarning tom qismiga oʻrnatilgan (https://maps.app.goo.gl/B12SbXTug9rubTc58, https://maps.app.goo.gl/GQByWC7GyvJtrZ25A, https://maps.app.goo.gl/orLLzcmEdM7v65tc8, https://maps.app.goo.gl/bB3ExogDL1ASS4EV8). Qolgan 2720 kVt quvvatli quyosh panellari esa Termiz shahridagi "Shimoliy suv toʻplash va tarqatish inshooti" hududida joylashgan (https://maps.app.goo.gl/L9M61V65SubUAUBn9).
Universitetning elektr energiyasiga boʻlgan yillik ehtiyoji 1 980 000 kVt boʻlib, bu taxminan 160 000 AQSH dollariga teng. Oʻrnatilgan 3070 kVt quvvatli quyosh fotoelektrostansiyalari yordamida yiliga oʻrtacha 5 881 688 kVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu ishlab chiqarilayotgan energiya universitetning elektr energiyasiga boʻlgan talabini yil davomida toʻliq qoplaydi va ortiqcha energiyani (3 901 688 kVt) boshqa ehtiyojlar uchun yoʻnaltirish imkonini beradi.
Ishlab chiqarilayotgan qayta tiklanuvchi energiyaning universitetning umumiy energiya iste’molidagi ulushi quyidagi tarzda hisoblanadi:
Formula: Yillik ishlab chiqarish = 3070 kVt × 7 soat × 365 kun = 7 842 250 kVt (teoretik maksimal).
Amaliy sharoitda samaradorlik (yo‘qotishlar, bulutlilik, chang, inverter samaradorligi va boshqalar) hisobga olinib, bu qiymat taxminan 75% ga kamaytiriladi: ≈ 7 842 250 × 0.75 = 5 881 688 kVt;
Yillik ishlab chiqarish: 5 881 688 kVt;
Yillik iste’mol: 1 980 000 kVt;
Ortiqcha energiya: 3 901 688 kVt;
Ulush = (5 881 688 kVt / 1 980 000 kVt) × 100% = 297.06%.
Bu koʻrsatkich universitetda foydalanilayotgan energiya toʻliq qayta tiklanuvchi manbalar orqali qoplanganligini va ortiqcha ishlab chiqarilgan energiyani boshqa maqsadlarda qoʻllash imkoniyati mavjudligini anglatadi.
Iqlim oʻzgarishiga moslashuv strategiyasi
Quyosh energiyasidan foydalanish universitetning ekologik barqarorlik strategiyasiga katta hissa qoʻshadi. Quyosh panellaridan foydalanilganda har 1 kVt soat energiya uchun atigi 50 g karbonat angidrid ajraladi. Shu sababli, universitet tomonidan ishlab chiqarilayotgan 5 881 688 kVt energiya natijasida 294 084 400 g (294,08 tonna) karbonat angidrid ajralishi oldi olinadi, bu ko‘mir kabi an’anaviy energiya manbalariga nisbatan sezilarli ekologik ustunlik hisoblanadi. Mazkur tashabbus nafaqat iqtisodiy va ekologik barqarorlikni ta'minlaydi, balki Termiz davlat universitetining iqlim o‘zgarishlariga moslashuv va uglerod izi kamaytirish strategiyasining asosiy qismini tashkil etadi.
Fotoelektrostansiyalariga sarflangan xarajat
Universitetning 3070 kVt quyosh fotoelektrostansiyalarini oʻrnatishga sarflangan umumiy xarajati 1 663 400 AQSH dollariga teng.