Universitetning hukumat bilan iqlim xavflari bo‘yicha hamkorligi
Termiz davlat universiteti Ilmiy bo‘limi va Hududiy tadqiqotlar markazi mutahassislari Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 11-iyuldagi 04-04/1636-son xatiga asosan Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon geografiya va ekologiya ilmiy tadqiqot instituti mutahassislari hususan, bosh muhandis Chang Qing va ilmiy yordamchi Vang Shijiyelar bilan birgalikda viloyatimizning Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlari hududida joylashgan Kattaqum cho‘lining aholi manzilgohlariga salbiy ta’sirini o‘rganish (ko‘chma qum, issiq garmsel shamol), salbiy ta’sir ko‘lamini qisqartirish bo‘yicha ilmiy asoslangan yechim va takliflarni ishlab chiqish, buning uchun joyni o‘rganish, masofadan zondlash, xaritalashtirish, hududni ko‘kalamzorlashtirish va ko‘chma qum barxanlarini mustahkamlash, yashil ixotazorlarni (yashil belbog‘larni) rejalashtirish, cho‘l tuproqlarini mustahkamlash uchun ekilishi rejalashtirilgan o‘simliklar tarkibini ishlab chiqish ishlarini olib boridi.
Universitet O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeriologiya xizmati agentligi bilan hamkorlikda universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari va talabalar rejali tartibda tadbirlar, amaliy-ko‘rgazmali mashqlar va seminar treninglar o‘tkazib kelmoqda. Bundan asosiy maqsad favqulodda vaziyatlarda odamlarning xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinishi va vaziyatni to‘g‘ri baholay olishi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishidir.
Iqlim o‘zgarishi natijasida yog‘inlar miqdorining kamayib borishi, buning natijasida esa qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida hosilning kamayib ketishiga olib kelishi kabi jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Shuning uchun global iqlim o‘zgarishi sharoitida kichik hududlarda buning ta’sirini yumshatish borasida universitet qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, ekologiya boshqarmasi hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan qo‘hma tadbirlar rejasini ishlab chiqqan. Talabalar ishtirokida “Yashil makon” tashabbusi asosida ko‘chat ekish va ekotizimni tiklash tadbirlari amalga oshiriladi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan mahalliy ekologik monitoring o‘tkazilib, atmosfera havosining sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularning inson salomatligiga salbiy ta’sirlari o‘rganilib kelinmoqda.
Bahor mavsumida sel kelish xavfi bo‘lgan hududlarning ro‘yxati shakllantirilib, aholi bilan sel va toshqin bo‘lganda muhofazalanish choralari ommaviy axborot vositalari yordamida tushuntirilib kelinmoqda.