Iqlim bo‘yicha strategik reja va hamkorlik
Termiz davlat universiteti iqlim harakatiga oid faoliyatni amalga oshirmoqda. Universitet huduudiy iqlim o‘zgarishining ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi, ekologiya va barqaror rivojlanish fanlarini bakalavriat va magistratura bosqichlarida o‘qitadi.
Shuningdek, universitet Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, suv xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari bilan hamkorlikda seminarlar, ekologik aksiyalar va monitoring tadbirlarini tashkil etadi. Talabalar ko‘chat ekish, atrof-muhitni tozalash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha mahalliy hamjamiyat bilan faol ishtirok etadilar. Havo sifati, suv resurslari va biologik xilma-xillik o‘zgarishlari muntazam kuzatiladi, kampusda energiya va suvni tejash choralari amalga oshiriladi, yashil hududlar kengaytiriladi.
Ushbu tadbirlar natijalari mahalliy hukumat va jamoat tashkilotlari bilan baham ko‘riladi, bu esa iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda amaliy ahamiyatga ega.
Termiz davlat universitetida iqlim harakatiga oid faoliyat amalga oshirilmoqda. Universitetning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha tashabbuslari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Iqlim o‘zgarishining hududiy ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi;
- Ekologiya va barqaror rivojlanish fanlari bakalavriat va magistratura bosqichida o‘qitiladi;
- Universitet Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, suv xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari bilan hamkorlikda seminarlar, ekologik aksiyalar va monitoring tadbirlarini amalga oshiradi;
- Talabalar ko‘chat ekish, atrof-muhitni tozalash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha mahalliy hamjamiyat bilan faol ishtirok etadilar;
- Havo sifati, suv resurslari va biologik xilma-xillik o‘zgarishlari muntazam kuzatiladi;
Kampus binolarida energiya va suvni tejash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi, yashil hududlar kengaytiriladi.