Iqlim o‘zgarishi ta’sirlarini kamaytirish bo‘yicha universitеt dasturlari
Universitet tomonidan hudud darajada iqlim o‘zgarishi xavflari, ta’sirlari, kamaytirish choralari, moslashuv, ta’sirni kamaytirish va xavflarni oldini bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqilgan. Shulardan biri “Iqlim o‘zgarishi va ekologik moslashuv” nomli ta’lim dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, hudud aholisiga iqlim o‘zgarishlarini ilmiy nazariy asoslari, ekologik muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi omillar, ularning makon va zamonda o‘zgarishi, ekologik baholash, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning ekologik asoslarini o‘rganishdan iboratdir.
Iqlim o‘zgarishining eng muhim omillaridan biri mahalliy sharoitda tuproq unumdorligining pasayishi hisoblanib, qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sir etmoqda. Buning oldini olish maqsadida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan dehqonlarga, ishchi-xodimlarga seminar va treninglar tashkil etilib, targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Iqlimshunoslik va gidrologiya ta’lim dasturi ham mavjud bo‘lib, bu atmosfera va gidrosferaning tashkil etuvchilari, iqlimiy kattaliklar – atmosfera yog‘inlari, havo harorati va daryolarning suv rejimi, to‘yinish sharoiti, suv havzalarida kechadigan gidrologik jarayonlar qonuniyatlarini, suv obyektlarining gidrologik ko‘rsatkichlarini hisoblash, suv resurslarini miqdoriy baholay olish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
Bundan tashqari, universitet xalqaro ilmiy markazlar va tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalar, almashinuv dasturlari, dala amaliyotlari va ko‘ngilli ekologik aksiyalarni tashkil etadi. Ushbu ta’lim dasturlari iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytirish, mahalliy jamiyatning ekologik madaniyatini oshirish va barqaror rivojlanishga xizmat qiladi.