Iqlim xavf monitoringida strategik hamkorlik
Universitet mahalliy va hududiy mintaqada iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar bo‘yicha erta ogohlantirish va monitoringda xabardor qiladi hamda qo‘llab-quvvatlaydi. Tabiiy fanlar fakulteti hovlisida o‘rnatilgan meteorologik stansiya harorat, yog‘ingarchilik, shamol tezligi va namlik kabi ko‘rsatkichlarni doimiy ravishda tahlil qiladi va monitoring ishlari olib boradi.
Shuningdek, universitetning gidrologiya va geologiya xizmatlari hududdagi daryo, ko‘l va suv ombori sathlarini, shuningdek, ko‘chki xavfi va yer sirpanishi kabi tabiiy xavflarni muntazam nazorat qiladi. Ushbu ma’lumotlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan doimiy ravishda almashiladi, bu esa mahalliy va mintaqaviy hukumatning erta ogohlantirish tizimlarini samarali qo‘llab-quvvatlash imkonini yaratadi.