Suv Sifatini Saqlash Bo‘yicha Me’yorlar va Ko‘rsatmalar
Termiz davlat universiteti joylashgan Surxondaryo viloyati hududi o‘zining boy tabiiy resurslari, xususan suv oqimlari bilan ajralib turadi. Suv resurslari universitet va unga tutash hududlarda inson faoliyati, ekotizimlar va yovvoyi tabiatning hayotiy funksiyalarini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu sababli, universitet o‘z faoliyatida suv sifatini saqlash, ifloslanishni oldini olish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashni ustuvor vazifa sifatida belgilaydi. Shu sababli, universitet faoliyatida suv sifati nazorati, ifloslanishni oldini olish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Suv sifati nafaqat inson salomatligi va farovonligini ta’minlash, balki ekotizimlarning barqarorligini, biologik xilma-xillikni saqlash va yovvoyi tabiatni himoya qilish hamda inson salomatligi va farovonligi uchun ham muhim omil hisoblanadi.
Universiteti o‘z hududidagi va unga tutash tabiiy muhit ekotizimlar, yovvoyi tabiat hamda inson salomatligi va farovonligini himoya qilish maqsadida suv sifatini saqlash bo‘yicha belgilangan me’yorlar va ko‘rsatmalarga ega. Bu me’yorlar quyidagi asoslarda shakllantirilgan. Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasining ekologiya va suv xo‘jaligi bo‘yicha amaldagi normativ hujjatlari (ichimlik suvi sifati, oqova suvlar tozaligi, suv manbalarini muhofaza qilish qoidalari). Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ittifoqi suv sifati standartlari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar. Universitetning ichki ekologik monitoring dasturi, ya’ni suv oqimlarining kimyoviy, fizik va biologik holatini muntazam tahlil qilish tizimi mavjud.
Universitetda suv sifati monitoringi va nazorat tizimi laboratoriya va ilmiy xodimlar tomonidan samarali amalga oshiriladi. Tizimning asosiy maqsadi suv oqimlarining ekologik va sanitariya holatini doimiy nazorat qilish, ifloslanish manbalarini aniqlash va suv sifatini milliy va xalqaro talablar darajasida ushlab turishdir. Shu orqali universitet nafaqat o‘z hududidagi tabiiy muhitni himoya qiladi, balki talabalar va xodimlarning sog‘lig‘i hamda atrofdagi yovvoyi tabiat va ekotizimlarning barqarorligini ta’minlash va suv sifatini talab darajasida saqlashdir.