Universitetning ekotizimlarni saqlash hamkorligi
Termiz davlat universiteti umumiy yer ekotizimlarini saqlash va tiklash bo‘yicha mahalliy jamoalar, davlat tashkilotlari hamda ekologik NNTlar bilan faol hamkorlik qiladi. Universitet bu borada Surxondaryo viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofazasi va iqlim o’zgarishi boshqarmasi, “Ekosan” jamg‘armasi, Termiz shahar hokimligi va mahalliy fuqarolar yig‘inlari bilan bir qator amaliy loyihalarni amalga oshirgan.
- Yashil hududlar yaratish tashabbuslari:
Universitet talabalari va o‘qituvchilari har yili “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyalarida qatnashadi.
2023–2024 yillarda Termiz davlat universiteti hududi va atrofidagi maydonlarda
5 mingdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilgan.
Shuningdek, universitet Tabiiy fanlar fakulteti talabalari tomonidan Surxon daryosi bo‘yida eroziya xavfi yuqori bo‘lgan joylarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilgan.
- Mahalliy jamoalar bilan ekologik hamkorlik
“Ekosan” jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Ekologik madaniyat oyligi” doirasida mahallalarda axborot-targ‘ibot ishlari o‘tkazilib, aholiga chiqindilarni to‘g‘ri saralash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va yer degradatsiyasining oldini olish mavzularida seminarlar tashkil etilgan.
Universitet talabalari “Tabiat posbonlari” ko‘ngilli klubi orqali Termiz shahar maktablari bilan birgalikda ekologik tozalash aksiyalarini o‘tkazib kelmoqda.
Shuningdek Termiz davlat universitetining botanika va ekologiya kafedralari Surxon vohasi o‘simliklari va tuproq ekotizimlarining holati bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Tadqiqot natijalari asosida mahalliy hokimlik va ekologiya, atrof-muhitni muhofazasi va iqlim o’zgarishi boshqarmasiga yer unumdorligini tiklash va o‘simlik qoplamasini saqlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Har yili 5 iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik tanlovlar, rasmlar ko‘rgazmalari va ilmiy anjumanlar o‘tkaziladi.