Yovvoyi tabiat va cho'lli hududlarda “Yashil makon”
Termiz davlat universiteti “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida faol ish olib bormoqda.
“Yashil makon” dasturi doirasida koʻchat ekish va obodonlashtirish ishlarining 2-bosqichiga start berildi.
Termiz davlat universiteti kampusiga qarashli hududlarda 3000 mingdan ziyod mevali va manzarali ko'chatlar, gullar ekilgan bo'lsa, universitet balansidagi “Darband oʻquv amaliyot bazasi”da jami 6000 tup turli navdagi koʻchatlarni ekish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Bu tashabbuslar orqali TerDU Surxondaryo viloyatining cho‘l va yarim cho‘l zonalarida yashil makon yaratish hamda barqaror ekologik muhitni shakllantirishda yetakchi rol o‘ynamoqda.