Maktab, kollej va texnikumlarga uslubiy ko‘mak
Termiz davlat universiteti nafaqat o‘z kampusi doirasida, balki shahar va viloyat miqyosida ham ta’limiy-ma’rifiy faoliyatlarni keng yo‘lga qo‘ygan. Universitet professor-o‘qituvchilari va faol talabalar tashabbusi bilan mahalliy maktablarda, kollej va texnikumlarda, hamda jamoatchilik markazlarida muntazam ravishda ma’ruzalar, ko‘rgazmali mashg‘ulotlar, seminar-treninglar va ochiq suhbatlar o‘tkazib kelinadi. Jumladan, Termiz davlat universitetiga biriktirilgan Oltinsoy tumanidagi 15 ta maktab o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi.
Mazkur faoliyatlar Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi boshqarmasi, Ijtimoiy himoya bo‘limlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Ma’ruzalardan asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, ijtimoiy faollikni oshirish, ekologik va madaniy ongni rivojlantirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iboratdir.
Yil boshidan buyon ishlab chiqilgan reja grafigiga asosan 17 ta fan yo‘nalishlari bo‘yicha malakali professor-o‘qituvchilardan tashkil topgan mobil metodik guruh a’zolari tomonidan Zoom platformasi orqali onlayn mashg‘ulotlar o‘tildi. Tarix fani o‘qituvchilari uchun jahon tarixi kafedrasi professori, t.f.d. (DSc) T.R.Pardayevning "Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqaro munosabatlar" mavzusidagi ochiq mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Oltinsoy tumanidagi 49-sonli maktabining 11-sinf o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazdi.
Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati Sherobod Agrosanoat texnikumiga Termiz Davlat Universiteti o‘qituvchilari tashrif buyurdi. Texnikumning o‘quvchi yoshlari bilan ‘‘ Giyohvandlik asr vabosi ‘‘ mavzusida davra suhbati tashkil etildi.