ochiq darslar
Biznes inkubatsiya va akseleratsiya markazi Termiz davlat universiteti tarkibida faoliyat yuritib, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliy loyihalarga aylantirishga xizmat qilmoqda. Ushbu markazda viloyatimiz yoshlari, talabalar va startap tashabbuskorlari uchun quyidagi mavzularda muntazam ravishda biznes treninglar, mahorat darslari va amaliy seminarlar o‘tkaziladi:
-Pedagoglar uchun zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo‘yicha treninglar;
-Axborot texnologiyalari va raqamli savodxonlik kurslari;
-Tadbirkorlik va startap loyihalarini boshqarish bo‘yicha qisqa muddatli dasturlar;
Markaz faoliyati faqat talabalar bilan cheklanib qolmay, balki hududdagi turli tashkilot va korxonalar xodimlari uchun ham qisqa muddatli o‘quv kurslari va malaka oshirish treninglarini tashkil etishga qaratilgan bo'lib 500 dan ortiq xodimlarga ushbu treninglar o'tkazilgan. Bu orqali ishchi kuchining kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy boshqaruv, marketing, raqamli texnologiyalar va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashga e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, markaz tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish maqsadida mahalliy banklar, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik bosh boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda startap tanlovlari, loyihalarni akseleratsiya dasturlari, mentorlik va konsalting xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan.
So‘nggi yillarda 300 dan ortiq yoshlar markaz tomonidan tashkil etilgan qisqa muddatli kurslarda qatnashib, o‘z biznes loyihalarini ishlab chiqqan yoki ish boshlash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, markaz faoliyati natijasida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash va hududda yangi ish o‘rinlari yaratishga ham sezilarli hissa qo‘shilmoqda.