Public Talks
Termiz davlat universiteti doimiy ravishda jamoatchilik uchun ommaviy maruzalar, ilmiy seminarlar va o‘quv dasturlarini tashkil etadi. Ushbu tadbirlar mahalliy aholi, boshqa ta’lim muassasalari talabalari va keng jamoatchilikni ilmiy, ijtimoiy va madaniy muhokamalarga jalb qilishga qaratilgan. Jumladan, “Barqarorlik va energiya kelajagi: ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi ko‘prik” mavzusida o'tkazilgan ilmiy seminar davomida Singapurdagi yashil energiya tizimlari va barqaror texnologiyalarni joriy etish tajribalari, shuningdek, Malayziya, Singapur va Yaponiya universitetlari o‘rtasidagi xalqaro akademik almashinuvlar bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi. Ushbu seminar ishtirokchilarga barqaror rivojlanish, yashil texnologiyalar va energiya samaradorligi sohalarida xalqaro reytinglar — THE (Times Higher Education) va QS Sustainability Ranking mezonlari bo‘yicha amaliy bilim va tushunchalarni shakllantirish imkonini berdi.
Shuningdek, universitetda intellektual mulk sohasida seminarlar tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” vakillari tomonidan “Patent - axborot qidiruviga oid tavsiyalar” mavzusida ma’lumotlar berildi. “Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy meros obidalarini saqlashda zararsiz usullardan foydalanish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar ham universitetda muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Bundan tashqari, tog‘ etagidagi “Darband oʻquv amaliyot bazasi”da oliygoh talabalari uchun maxsus seminar tashkil qilinib, universitetning iqtidorli va ijodkor talabalari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Ushbu tadbirlar Talabalarning bilimini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va jamoatchilik bilan integratsiyani ta’minlashga xizmat qiladi.