SDG4 bo‘yicha universitetdagi rivojlanish
Barqaror rivojlanishning 4-maqsadi Barchani qamrab oluvchi, teng huquqli hamda sifatli ta’limni ta’minlash va barcha uchun uzluksiz ta’lim olish imkoniyatini (keying o‘rinlarda SDG 4 deb yuritiladi) deyiladi. SDG 4ni amalga oshirish uchun 10 maqsad va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun 11 ko’rsatkich mavjud. Birinchi 7 ta maqsad “natijaga asoslangan maqsad” deb ataladi va ular quyidagilar:
bepul boshlang‘ich va o‘rta ta’limdan foydalanish imkoniyati;
sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanish;
texnikum, kasb-hunar va oliy ta’limdan foydalanish;
moliyaviy muvaffaqiyatga erishish uchun sifatli ko’nikmalarga ega odamlar sonini ko’paytirish;
ta’lim sohasidagi har qanday kamsitishlarga barham berish;
umuminsoniy savodxonlik va hisoblash qobiliyatini shakllantirish;
barqaror rivojlanish va fuqarolik ta’limdan foydalanish imkoniyatini yaratish.
Maqsadga erishish vositasi quyidagicha:
inklyuziv va xavfsiz maktablarni qurish hamda ularni modernizatsiya qilish;
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun oliy ta’lim stipendiyalarini kengaytirish;
rivojlanayotgan mamlakatlarda malakali o’qituvchilar sonini oshirish.
SDG 4 bolalar va yoshlarni sifatli, oson taʼlim olishi hamda boshqa taʼlim imkoniyatlardan keng foydalanishga e’tibor beradi. SDG 4ning maqsadlaridan yana biri umuminsoniy savodxonlikka erishishdir. Bu ta’lim muhitida bilim va qimmatli ko’nikmalarni egallashning muhim tarkibiy qismidir. Shu sababli, barcha uchun xavfsiz, inklyuziv va samarali ta’lim muhitini ta’minlash uchun ko‘proq ta’lim muassasalarini qurish, shuningdek, mavjudlarini modernizatsiya qilish zaruriyati tug‘iladi.