Yer osti suvlaridan samarali foydalanish
Termiz davlat universiteti hududida 4 ta artezian quduq mavjud bo‘lib ularda to‘langan suv 6 ta suv minoralari va 3 ta suv rezervuarlarida yig‘iladi. Buning uchun universitet Surxondaryo gidrogeologiya stansiyasining yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnomasiga ega. Quduqlardan yiliga o‘rtacha 42,28 ming m³ suv olinadi. Suv asosan xo‘jalik, sug‘orish va texnik ehtiyojlarga sarflanadi. Artezian suvlarining katta miqdori sug‘orishga sarflanadi,uni tejash maqsadida suvni tejovchi uskunalardan foydalaniladi(tomchilab va purkab sug‘orish).
Artezian suvining qolgan qismidan xo‘jalik(yuvinish, hojatxonalarni yuvishda) va texnik maqsadlar (binolarni isitish tizimi)da foydalaniladi.
Artezian suvini xo‘jalik va texnik maqsadlarda foydalanishda kam suv sarflovchi tizimlar, avtomatik ravishda ishlovchi hojatxona yuvish tizimlari (cistermiserlar), kam suv sarflovchi unitazlar (low flush WC), bioxojatxona, past oqimli va sensorli kranlar o‘rnatilganligi tufayli suv sarfi keskin kamaygan. Shu orqali nafaqat suv tejash, balki resurslarni boshqarishda samaradorlik ham oshmoqda.
Termiz davlat universitetida hosil bo‘lgan, xo‘jalik va texnik maqsadlarda foydalanilgan suv Termiz shahar oqava suv tozalash inshoatiga yo‘naltiriladi. Ushbu tozalash inshoati oqava suv tarkibidagi mexanik aralashmalar, organik moddalar, yog‘lar, oziq-ovqat qoldiqlari va zararli mikroorganizmlarni uch bosqichda tozalaydi va texnik maqsadlarda qayta foydalanishga yo‘naltiriladi.
Termiz davlat universitetida oqava suvlarni boshqarish va ekologik hamkorlik faoliyati
Termiz davlat universiteti ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitga zararli ta’sirni kamaytirish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan tizimli hamkorlik olib bormoqda. Hozirgi kunda universitet “Termiz shahar suv oqava” davlat unitar korxonasi bilan oqava suvlarni to‘plash, qayta ishlash va ularni ikkilamchi foydalanish bo‘yicha amaldagi shartnomaga ega. Mazkur hamkorlik orqali universitet infratuzilmasidan chiqqan oqava suvlar belgilangan sanitariya me’yorlariga muvofiq tarzda qayta ishlanadi va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, universitet “Bio Texno Eko” MCHJ bilan zaharli suv chiqindilarini tozalash va ularning tarkibini neytrallashtirish bo‘yicha ham muntazam hamkorlik qiladi. Ushbu korxona zamonaviy biologik va kimyoviy tozalash texnologiyalaridan foydalanib, chiqindi suvlarni ekologik xavfsiz holatga keltiradi.
Ushbu ikki tomonlama hamkorliklar natijasida Termiz davlat universiteti o‘z hududida ekologik barqarorlikni ta’minlash, suv chiqindilarining miqdorini kamaytirish va tabiiy resurslardan qayta foydalanish tizimini mustahkamlashga erishgan. Bu faoliyat universitetning barqaror rivojlanish siyosatining ajralmas qismi bo‘lib, ta’lim maskanining ekologik mas’uliyatini va ijtimoiy burchini amalda namoyon etadi.