Barqaror suv boshqaruvi
Termiz davlat universiteti viloyatdagi ekologik barqarorlik, tabiiy resurslar boshqaruvi va mahalliy aholining ekologik savodxonligini oshirishni o‘zining ijtimoiy mas’uliyat vazifalaridan biri deb biladi. Shu sababli universitet turli sohalar bo‘yicha aholiga suv resurslarini boshqarish, suvdan samarali foydalanish va ekologik xavfsizlikka doir ta’limiy imkoniyatlarni taqdim etib keladi.
Universitetning Tabiiy fanlar fakul’teti, Geografiya hamda ekologiya va tuproqshunoslik kafedralarida, shuningdek, Tadqiqot-ilmiy markazlari tomonidan muntazam ravishda quyidagi mavzularda seminarlar o‘tkaziladi:
“Suv resurslaridan oqilona foydalanish”
“Suv taqchilligi sharoitida qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish”
“Artezian va yer osti suvlaridan xavfsiz foydalanish”
“Amudaryo havzasidagi ekologik vaziyat”
“Suv isrofgarchiligining oldini olish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar”
Bu tadbirlarda mahalliy fermer xo‘jaliklari, maktab o‘qituvchilari, suvchilar, yoshlar va ekologiya faollari ishtirok etadi.
TerDU quyidagi yo‘nalishlarda ochiq ma'ruzalar va qisqa muddatli kurslar tashkil etadi:
Ekologiya asoslari
Suv xo‘jaligi boshqaruvi
Suv va atrof-muhit monitoringi
Suv ifloslanishining oldini olish
Amudaryo havzasida suv resurslari boshqaruvi
Bu kurslar bepul yoki imtiyozli to‘lov asosida taklif qilinadi.
Universitet quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda mahalliy hamjamiyat uchun treninglar o‘tkazadi:
Talabalar va jamoatchilik uchun “Suv resurslarini boshqarish” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Universitet Surxondaryo viloyatidagi suv resurslari bo‘yicha dolzarb muammolarni o‘rganib, tavsiyalar taqdim etadi.