Toza ichimlik suvi ta’minoti
Termiz Davlat Universiteti toza ichimlik suvini tejash maqsadida maxsus qadoqlangan suvlardan foydalanadi. Ushbu suv Ichimlik suvi sifatiga qo‘yilgan gigiyenik talablar asosida tayyorlanadi va barcha sanitariya-epidemiologik me'yorlarga muvofiq yetkaziladi. Suv maxsus idishlarda, gigiyenik jihatdan xavfsiz shaklda, zamonaviy suv dispenserlari orqali iste’molchilarga taqdim etiladi. Toza ichimlik suvi bilan doimiy va sifatli ta'minotini ta'minlash maqsadida "ZAM ZAM HAYOT" MChJ bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
Bundan tashqari universitet toza ichimlik suviga bolgan ehtiyojini to‘la qondirish maqsadida shahar toza ichimlik suvi ta’minotiga ulangan.Ushbu toza ichimlik suvi universitet oshxonalari va tashqi dispenserlarga uzatiladi. Ushbu toza ichimlik suvi sarfi miqdorini qayd qilib boruvchi hisoblagichlar o‘rnatilgan.
Termiz davlat universitetida tozalangan ichimlik suvi iste’moli tavsifi
Termiz Davlat Universiteti toza ichimlik suvi bilan doimiy va sifatli ta'minotini ta'minlash maqsadida "ZAM ZAM HAYOT" MChJ bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. 2025-yil 31-iyul kuni shartnoma № 3954775 asosida tuzilgan kelishuvga binoan universitet muntazam ravishda tozalangan va sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlanadi.