Termiz davlat universitetida kam daromadli oilalardan chiqqan talabalar o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlay olishlari uchun bir qancha yordam turlari mavjud.
Termiz davlat universitetida kam daromadli oilalardan chiqqan talabalar o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlay olishlari uchun bir qancha yordam turlari mavjud.
Universitetda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan hamda davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga kontrakt to‘lovlarini universitet byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Talabalarni moddiy qo’llab quvvatlash bo’yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qaroriga muvofiq, universitetda tashkil etilgan “Talabalarni moddiy rag’batlantirish kengashi” tomonidan 2024-yilda 250 nafar talabalarga 620 million so‘m mablaglar to‘lab berildi.
Shuningdek, universitetda tahsil olayotgan 89 nafar chin yetim, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga o‘quv qurollari, kiyim kechak hamda badiiy kitoblar xarid qilishlari uchun 310 million so‘m mablag‘lar ajratildi.
Universitetda tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan, moddiy jihatdan sharoiti og‘ir talabalarga har o‘quv yilida 200 million mablag‘lar rag‘bat tariqasida beriladi.
Talabalarning turar joyi bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-sonli qaroriga asosan Termiz davlat universitetida tahsil olayotgan Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning ijara to‘lovlarining 50 foizini to‘lab berish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2024/2025 o‘quv yili davomida 5 217 nafar talabalarga 966,2 million so‘m miqdorda ijara pullari to‘lab berildi.
Talabalar turar joylarida yashagan “Ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2 guruh nogironlari, chin yetim va yetim (ota onalaridan biri vafot etgan), mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan jami 456 nafar talabalar 775,2 million so‘m to‘lovdan ozod etilgan. Umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari, o‘z vazifasini namunali bajarib kelayotgan Kengash raisi, qavat sardorlari hamda turarjoy kutubxonasi uchun mas’ul talabalar uchun umumiy turarjoy to‘lovdan 50 foizli chegirma asosida jami 91 nafar talabalar 77,35 millionlik to‘lovdan ozod qilindi.
Bundan tashqari, Termiz davlat universitetida Afg‘oniston Islom Respublikasidan kelgan talabalar BMTga qarashli maxsus agentlik bo‘lgan Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan maxsus ta’limiy qo‘llab-quvvatlash dasturidan foydalanadilar. Ushbu dastur orqali afg‘on talabalarining ta’lim to‘lovlari va turar joy xarajatlari to‘liq qoplab beriladi, bu esa ularga xavfsiz, barqaror va akademik jihatdan qo‘llab-quvvatlanadigan muhitda oliy ta’lim olish imkonini beradi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati o‘rtasida imzolangan ikki tomonlama bitimga muvofiq, 50 nafar afg‘on fuqarosiga O‘zbekistondagi turli universitetlarda to‘liq davlat stipendiyalari asosida tahsil olish imkoniyati berilgan. Ushbu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi ta’limiy aloqalarni mustahkamlash, inson kapitalini rivojlantirish va Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga hissa qo‘shishni maqsad qiladi.
Ushbu stipendiya oluvchilardan yettita afg‘on talaba hozirda Termiz davlat universitetida tahsil olmoqda, turli akademik dasturlarda ishtirok etmoqda va universitetning ko‘p madaniyatli muhitiga hissa qo‘shmoqda. Ularning mavjudligi universitetning rivojlanayotgan mamlakatlardan kelgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlik va inklyuziv ta’limga bo‘lgan doimiy sadoqatini aks ettiradi.