Mahalliy hamjamiyat uchun treninglar
Termiz davlat universiteti muntazam ravishda fuqarolarga asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan treninglar, seminarlar va o‘quv dasturlarini tashkil etadi. Jumladan, psixologik, iqtisodiy, huquqiy treninglar muntazam o‘tkazilib, aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda universitet xizmatlaridan samarali foydalanishga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Shu tariqa, Termiz davlat universiteti o‘zining ijtimoiy mas’uliyatini amalga oshirib, aholining ehtiyojlarini qondirish va ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga intiladi. Bundan tashqari, universitet treninglar orqali fuqarolarda kommunikatsiya, shaxsiy rivojlanish va stressni boshqarish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga e’tibor qaratadi.