Start-Uplar markazi
Termiz davlat universitetida "Yoshlar markazi" faoliyat yuritadi. Bu markaz BMT taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan bo‘lib, unda bolalar, talabalar va innovatsion texnologiyalarga qiziquvchan yoshlar o‘z start-up loyihalarini rivojlantirishda barcha shart-sharoitlar mavjud.
Markaz universitet qoshida alohida kompleks sifatida tashkil etilgan bo‘lib, ingliz tilida turli-xil mavzularda munozaralar o’tkazish, kitob mutolaa qilish hamda kompyuter laboratoriyasi, yuridir klinika va multimedia xonalari zamonaviy qulay mebel jihozlari, elektron va boshqa qurilmalar bilan ta'minlangan.
Loyihaning ikkinchi qismi doirasida Surxondaryo viloyatidagi yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish hamda ularning bandligini oshirish maqsadida tematik treninglar va seminarlar tashkil etish orqali yoshlarning chet tillarini bilish darajasini oshirish, yuridik klinika faoliyati orqali ularga bepul huquqiy maslahatlar berish, biznes trenerlarni jalb qilgan holda ularni oʻqitish va oʻzlarining start-up loyihalarini boshlab olishlariga koʻmaklashish koʻzda tutilgan.
Bugungi kunga qadar yigirmadan ortiq barqarorlikga yo’naltirilgan mavjud start-uplarni moliyalashtirish uchun qariyb $450000 mablag‘ ajratildi.
Hozirda markazning ko‘magi bilan yerning namligini uzoq muddat saqlab turishga yordam beradigan maxsus gidrogel, oltingugurt tarkibli sorbent olish texonologiyasi, yorug‘lik qaytaruchi maxsus yo‘l belgilari uchun ranglar, mahallaiy xomashyolar asosida silikat bo‘yoq, metonogel materillar va boshqa shundagi mahalliy hamjamiyatning turmushini yaxshilashga qaratilgan loyihalar yo‘lga qo‘yildi.