Universitetda ayol talabalarga qo‘llab-quvvatlash dasturi
Termiz davlat universiteti gender tengligini ta’minlash, ayollarning ta’lim va ilmiy faoliyatdagi ishtirokini oshirish maqsadida turli ayollar uchun mentorlik dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Bu dasturlar universitetning strategik yo‘nalishlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining gender tengligini rivojlantirishga oid qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Mentorlik faoliyati universitetda tahsil olayotgan qariyb 5500 qamrab olgan bo’lib, shundan 65 foizi ayol talaba va ishchi xodimlar hisoblanadi. Ushbu mentorlik dasturlari quyidagi yo‘nalishlarni qamrab olgan:
Akademik va ilmiy rivojlanish – tajribali professor-o‘qituvchilar ayol talabalar uchun ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qiladi.
Kasbiy rivojlanish va karyera - mentorlar ayol talabalarga ish faoliyati, malaka oshirish va amaliyotga tayyorgarlik bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Shaxsiy rivojlanish va liderlik - yosh ayollarga ijtimoiy faollik, kommunikatsiya va jamoada ishlash ko‘nikmalari o‘rgatiladi.
Har bir mentor - universitet professor-o‘qituvchisi yoki ilg‘or talaba bo‘lib, mentor-mentee (mentorlashadigan talaba) juftligi shaklida ishlaydi.
Dastur davomida ayol talabalar: ilmiy loyihalarda ishtirok etishadi, konferensiyalar va seminarlar bilan tanishadi va o‘zining professional tarmog‘ini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mentorlik dasturlari natijasida ayol talabalar orasida akademik muvaffaqiyat va kasbiy faollik sezilarli darajada oshgan.
Mentorlik dasturlari universitetning rasmiy veb-sayti va talabalar uchun bo‘limida e’lon qilinadi.
Har yili mentorlik dasturida qatnashgan ayollar soni va dastur natijalari universitet ijtimoiy mas’uliyat hisobotida aks etadi.