Ijtimoiy qabul
O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishi, gender tengligini ta’minlash, oilada va jamiyatda ayollarning oliy ma’lumotga ega bo‘lishi uchun bir qancha qonun (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.06.2020-yildagi 402-son) va dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ayollar bu imtiyozlardan muntazam foydalanib keishmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qaroriga muvofiq, har yili bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan, ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari bo‘lgan talaba xotin-qizlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisobidan o‘qitish tartibi joriy etilgan.
Shuningdek, OTMga kirishda imtiyoz quyidagi imtiyozlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir: kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar; to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
Ushbu imtiyozlardan foydalangan holda so‘ggi uch yilda universitetga qabul qilingan ayollar quyidagicha:
|
№ |
O‘quv yili |
Qabul qilingan umumiy talabalar soni |
Ayollar soni |
|
1 |
2023-2024 |
3675 |
2169 |
|
2 |
2024-2025 |
3716 |
2185 |
|
3 |
2025-2026 |
4480 |
2602 |