Fermerlar uchun universitet resurslaridan foydalanish imkoniyati
Termiz davlat universiteti Surxondaryo viloyatida barqaror qishloq xo‘jaligi tizimini rivojlantirish, agrar sohada innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida faol ilmiy-amaliy ishlarni olib bormoqda. Universitet nafaqat ta’lim va tadqiqot markazi sifatida, balki mahalliy fermerlar hamda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar uchun amaliy hamkorlik platformasi vazifasini ham bajarmoqda.
1. Laboratoriyalar va ilmiy infratuzilmadan foydalanish
Universitet tarkibida faoliyat olib borayotgan “Ilmiy tadqiqot markazi” hamda “Botanika, zoologiya, ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi” qoshida tashkil etilgan “Gelmentologiya va o‘simliklar fiziologiyasi laboratoriyasi” mahalliy fermer xo‘jaliklari va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari uchun ochiq hisoblanadi. Mazkur laboratoriyalar orqali fermerlar va ishlab chiqaruvchilar barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini rivojlantirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-amaliy yordam olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:
Foydalanish sohalari:
- O‘simliklar fiziologiyasi – o‘simliklarning o‘sish, rivojlanish va hosil hosil qilish jarayonlarini o‘rganish hamda agrotexnik tadbirlarni optimallashtirish;
- Gelmentologiya – o‘simliklarda uchraydigan parazitar gelmentlar (zararkunandalar)ni aniqlash, ularning biologik xususiyatlarini o‘rganish va ekologik xavfsiz kurash usullarini ishlab chiqish;
- Tuproqshunoslik – tuproq tarkibi, unumdorligi va meliorativ holatini tahlil qilish, o‘g‘itlash tizimini ilmiy asoslash;
2. Hamkorlik natijalari
So‘nggi yillarda Termiz davlat universiteti laboratoriyalari va tajriba bazasidan 30 dan ortiq fermer xo‘jaliklari foydalangan. Ular o‘z ekin maydonlarida universitet mutaxassislari tavsiyalari asosida innovatsion texnologiyalarni sinovdan o‘tkazib, hosildorlikni 5–10% ga oshirishga erishgan.
Bundan tashqari, universitet laboratoriyalarida ishlab chiqilgan biogumus, bioo‘g‘it va o‘simlik himoyasi vositalari ayrim ishlab chiqaruvchilar tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan.
Xulosa
Termiz davlat universiteti o‘zining ilmiy-texnik salohiyati, laboratoriya infratuzilmasi va tajriba maydonlarini mahalliy fermerlar hamda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarga ochiq holda taqdim etish orqali Surxondaryo viloyatida barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda. Ushbu hamkorlik nafaqat hosildorlikni oshirish, balki ekologik barqaror ishlab chiqarish tizimini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va ilm-fan bilan amaliyot o‘rtasidagi uzviy aloqani kuchaytirishga xizmat qilmoqda.