Osh bazmlari
Termiz davlat universiteti yil mobaynida doimiy ravishda talabalar o'rtasida taom tarqatib keladi. Bunday bazmlardan o'rtacha 2000 dan 3000 gacha talabalar ishtirok etib, ularning asosiy qismi qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar hisoblanadi.
Ayni paytda Termiz davlat universiteti tasarrufidagi talabalar turar joylarida qariyb 3000 nafarga yaqin talabalar istiqomat qilib kelmoqda. Bugun ushbu talabalar uchun universitet tomonidan osh tarqatildi. Mohir oshpazlar 6 ta doshqozonda osh pishirishdi.
Osh nafaqat talabalarga, qolaversa 500 nafardan oshiq ishchi xodimlarga ham tortildi. Fayzli dasturxon atrofida TerDUda rektori mas’ullarga talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning sharoitlarini o‘rganib, lozim bo‘lsa amaliy ko‘mak berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Samimiy muloqotlarda bu kabi ezgu amallar jamoalarda hamjihatlikni mustahkamlash, talabalarni qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.