Talabalarni uchun arzon uy-joy
Termiz davlat universitetida talabalarni arzon uy-joy hamda turar joy bilan ta’minlash bo’yicha bir qancha yordam turlari mavjud.
Jumladan.
Universitetda 7 ta talabalar turar joylari mavjud bo’lib, unda 2 850 nafar talabalar istiqomat qiladi. Talabalar turar joylarida barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Termiz davlat universiteti talabalarining yotoqxona va ijara xonadonlariga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ham tashkil etilgan.
Markazda ko‘ngilli talabalar hamda tyutorlar turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta’minlanishiga amaliy yordam beradi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-sonli qaroriga asosan Termiz davlat universitetida taxsil olayotgan Ijar huquqi asosida yashayotgan talabalarning ijara to‘lovlarining 50%ni to‘lab berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. 2024-yil davomida 5 217 nafar talabalarga
966,2 million so‘m miqdorida ijara pullari qoplab berilgan.
Shuningdek, Talabalar turar joylarida “ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2 guruh nogironlari, chin yetim va yetim (ota onalaridan biri vafot etgan), mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan, 2-guruh nogironlari hamda faol va iqtirdorli talabalarning ham turar joy pullarining 50 foiz miqdorida chegirmalar berilgan. 547 nafar talabalar 852, 5 million so’m.