Mahalliy hokimiyatlar bilan uy-joy va rivojlanish hamkorligi
Termiz davlat universiteti mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin hamkorlikda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Bunday hamkorlik doirasida universitet nafaqat ta’lim va ilmiy sohalarda, balki hududiy rejalashtirish, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda barqaror rivojlanish masalalarida ham faol ishtirok etadi.
Xususan, Surxondaryo viloyati hokimligi va yetakchi qurilish kompaniyalari bilan hamkorlikda mahalliy aholi hamda universitet xodimlari uchun arzon va qulay uy-joy loyihalari ishlab chiqildi. Ushbu loyiha doirasida universitet tomonidan zarur moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatildi. Natijada, bir qator yosh o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va kam ta’minlangan oilalar arzon narxlardagi zamonaviy uy-joylarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash va arzon uy-joylar qurilishini jadallashtirish to‘g‘risidagi” qarorlari hamda “Yashil va barqaror shaharlar” konsepsiyasiga to‘la mos keladi. Universitet mahalliy hokimiyat bilan birgalikda ushbu loyihalarni amalga oshirish orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, yoshlar va xodimlar uchun munosib turmush sharoitini yaratish, shuningdek, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Shuningdek, Termiz davlat universiteti istiqbolda mahalliy hokimiyat va xususiy sektor bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar uchun arzon yotoqxonalar, yosh o‘qituvchilar uchun xizmat uylari va ijtimoiy obyektlar qurilishi bo‘yicha qo‘shma dasturlarni kengaytirishni rejalashtirgan.
Shuningdek, “Yosh vatandoshlar reyestri” ishga tushirilgan. “Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarga zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi va ushbu qarorga muvofiq, 2022-yil iyundan xorijdagi nufuzli OTMda oʻqiyotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan Oʻzbekiston yoshlari (yosh vatandoshlar)ga vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:
- yosh vatandoshlar faoliyati davomida xizmat turar joylari bilan taʼminlandi;
- davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yil ishlagan yosh vatandoshlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarning bir qismini qoplashga subsidiya berildi.
2022-yil 1-iyundan boshlab “Yosh vatandoshlar reyestri” elektron tizimi ishga tushirilib, mazkur tizim xorijdagi vatandosh olimlar, ekspertlar va tadqiqotchilar ochiq roʻyxatdan oʻtadigan platformaga integratsiya qilindi.
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurishi uchun 33 million soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratildi.
Ipoteka dasturi doirasida boshlangʻich badal va foiz toʻlovlari boʻyicha qoʻshimcha 2 mingta yosh oilaga uy-joy sotib olishi uchun subsidiyalar ajratildi.