Barqaror qurilish
Universitetning energiyani tejaydigan uskunalardan foydalanish siyosati
So‘nggi yillarda universitet miqyosida energiya tejamkor infratuzilmani keng joriy etish orqali nafaqat elektr energiyasi xarajatlarini qisqartirish, balki iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha real natijalarga erishilmoqda. Ayniqsa, bu jarayon SDG 7: Affordable and Clean Energy, SDG 9: Industry, Innovation and Infrastructure va SDG 13: Climate Action maqsadlarini amalga oshirishga bevosita hissa qo‘shmoqda.
Universitet hududida 55 000 dan ortiq energiya tejamkor LED lampalar va sensorli yoritish tizimlari o‘rnatilgani natijasida oddiy cho‘g‘lanma lampalarga nisbatan yiliga 1 415 454 kVt energiya tejalmoqda. Bu ko‘rsatkich energiya sarfini kamaytirish orqali nafaqat kampus infratuzilmasining samaradorligini oshiradi, balki SDG 7 doirasida qayta tiklanuvchi va toza energiyadan foydalanish maqsadlariga mos ravishda, umumiy energiya iste’molini barqaror kamaytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu natijalar SDG 13 maqsadida belgilanganidek, iqlim oʻzgarishiga salbiy ta’sirni kamaytirish va CO₂ chiqindilarini qisqartirishga real hissa qo‘shadi.
Reaktiv quvvatni kamaytiruvchi 150 va 300 kVarlik kondensatsiyalovchi qurilmalar o‘rnatilishi natijasida suv nasoslari tizimida yiliga 26 499 kVt energiya tejashga erishilgan. Bu esa SDG 9 doirasida ko‘rsatilganidek, innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali energiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, talabalar turar joyi binosi tomida 2 000 litrlik quyosh suv isitish kollektor tizimining o‘rnatilishi yiliga 144 000 kVt elektr va gaz energiyasini tejash imkonini bermoqda. Ushbu yechim SDG 7 da qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha belgilangan maqsadlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi hamda SDG 13 doirasida iqlimga mos yashil energiya tizimini shakllantirishga yordam beradi
Universitet binolarida bazalt qoplamalar, shisha tolali issiqlik izolyatsiyasi va ko‘p kamerali alyuminiy deraza-eshik tizimlaridan foydalanish orqali energiya samaradorligi oshirilmoqda. Ushbu texnologiyalar yozda salqinlikni, qishda esa issiqlikni saqlab qoladi va bu orqali konditsioner va isitkichlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Natijada, umumiy energiya sarfi 15–40 foizgacha qisqaradi. Bu holat SDG 9 da ko‘rsatilgan innovatsion infratuzilmani shakllantirish maqsadlari bilan mos keladi va SDG 13 bo‘yicha iqlim oʻzgarishiga moslashuv imkoniyatlarini kuchaytiradi
Mazkur chora-tadbirlarning natijasida universitet bo‘yicha yiliga 1 585 953 kVt energiya tejab qolinmoqda, bu esa umumiy energiya iste’molining 80 foizini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich SDG 7 doirasida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha sezilarli yutuq bo‘lib, SDG 13 maqsadida ko‘rsatilganidek, uglerod izini kamaytirishga va iqlim barqarorligini ta’minlashga real ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, bu natijalar SDG 9 maqsadida ilgari surilgan infratuzilmani modernizatsiya qilish va innovatsion yechimlarni kengaytirish siyosatini amaliy qo‘llashga xizmat qiladi
Shu tariqa, Termiz davlat universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan energiya va iqlim dasturlari barqaror rivojlanish maqsadlariga mos ravishda qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshiradi, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda muhim qadam bo‘ladi va yashil kampus tamoyillarini hayotga tatbiq etadi. Bu tajriba nafaqat universitet infratuzilmasining samaradorligini oshiradi, balki hudud miqyosida ekologik barqarorlikni ta’minlashga va global iqlim maqsadlariga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.