Sog’lom turmush tarzi targ’iboti
Termiz davlat universitetida inson salomatligi va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha dasturlar va loyihalar ishlab chiqilgan.
Universitet: 21.2 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, 1 ta sport kompleksi, 2 ta sport zali va 10,23 gektarli Darband amaliyot bazasiga ega.
- O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyati partiya tashkiloti bilan hamkorlikda 2024 yil 4 noyabrda universitet talabalari va ko‘ngillilar o‘rtasida “Velomarafon”, “Yugurish” marafoni, 5000 qadam yurish aksiyasi, “Tozalik va ozodalik oyligi”, “Plogging” aksiyalari tashkil etildi.
- Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha “O‘zbek polvoni” Respublika turnirining saralash bosqichi Termiz davlat universitetining sport zalida bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar va professor- o‘qituvchilar ham ishtirok etishdi.
Universitet kampusida 1 ta fitness klub tashkil etilgan bo‘lib, unda professor-o‘qituvchilar, talabalar va ishchi xodimlar bo‘sh vaqtlarida foydalanadi. bitta tennis kort faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Termiz davlat universiteti kampusida professor-o‘qituvchilar, talabalar va ishchi xodimlarning sog‘ligini muntazam nazorat qilib boruvchi tibbiy puntktashkil etilgan bo‘lib, unda malakali shifokorlar va hamshiralar faoliyat olib bormoqda.