Psixologik xizmatlar
Termiz davlat universitetida “Psixologik xizmat ko‘rsatish markazi” tashkil etilgan. Ushbu markazda
13 nafar malakali psixologlar faoliyat olib boradi.
Psixologik xizmat ko‘rsatish markazi — bu universitetdagi talabalarning ruhiy salomatligini saqlash, ularning shaxsiy, ijtimoiy va o‘quv jarayonidagi muammolarini hal etishda yordam beruvchi muhim tuzilma hisoblanadi.
Markaz orqali talabalar va xodimlarga individual va guruhli maslahatlar, profilaktik treninglar, psixologik diagnostika, onlayn maslahatlar, raqamli tezkor yordam xizmatlari kabi keng ko‘lamli faoliyat turlari yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, markaz jamoasi tomonidan oilaviy va shaxsiy muammolar, ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklar bo‘yicha ham psixologik ko‘mak ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.
Asosiy vazifalar
Psixodiagnostika — talabalarning individual-psixologik xususiyatlarini, temperament, xarakter, qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash.
Psixologik maslahat (konsultatsiya) — talabalarga shaxsiy, o‘quv, oilaviy, muloqot, stress yoki kasb tanlash bilan bog‘liq masalalarda individual yoki guruhiy yordam ko‘rsatish.
Psixoprofilaktika — stress, depressiya, ziddiyat, o‘qishga qiziqmaslik kabi muammolarning oldini olish bo‘yicha ishlar olib borish.
Psixokorrektsiya va treninglar — talabalarning muloqot ko‘nikmalarini, o‘zini anglashini, stressga bardoshliligini oshirish uchun psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazish.
Ma’rifiy ishlar — psixologik savodxonlikni oshirish, sog‘lom turmush tarzi va ruhiy salomatlik madaniyatini targ‘ib qilish.