Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti
Termiz davlat universitetida talabalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ularning reproduktiv salomatligi bo‘yicha xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Universitet huzuridagi “Talabalar sog‘lig‘ini saqlash markazi” va tibbiyot punkti orqali talabalar muntazam ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish, reproduktiv salomatlik, gigiyena, oilaviy hayot madaniyati, erta nikohning salbiy oqibatlari va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari bo‘yicha mutaxassis shifokorlar hamda psixologlardan maslahat olish imkoniyatiga ega.
Shuningdek, universitetda “Sog‘lom avlod uchun”, “Yoshlar salomatligi haftaligi”, “Oilaviy hayot madaniyati” kabi mavzularda seminar-treninglar, ochiq muloqotlar va ma’rifiy uchrashuvlar muntazam tashkil etiladi. Bu tadbirlar Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi va turli nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Axborot-targ‘ibot ishlari doirasida talabalarga mo‘ljallangan bukletlar, bannerlar va elektron ma’lumot resurslari tayyorlanib, ularning erkin foydalanishi uchun universitet axborot markazida joylashtirilgan.