Psixologik yordam
Ruhiy salomatlik Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan inson o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, hayotning normal stresslariga dosh bera oladigan, samarali va samarali mehnat qilishi, shuningdek, o‘z hissasini qo‘shishi mumkin bo‘lgan farovonlik holati sifatida tavsiflanadi.
Ushbu “ruhiy salomatlik” tushunchasining mazmuni faqat tibbiy-psixologik mezonlar bilan cheklanmaydi, u doimo insonning ma’naviy hayotini tartibga soluvchi ijtimoiy va guruh meyorlarini aks ettiradi. Ruhiy salomatlik va ruhiy kasallik UK Surgeon Journal (1999) ma’lumotlariga ko‘ra, ruhiy salomatlik — bu samarali faoliyat, boshqalar bilan munosabatlar va o‘zgarishlarga moslashish va noqulay vaziyatlarni yengish qobiliyatiga olib keladigan aqliy funksiyaning muvaffaqiyatli bajarilishi.
Keyingi yillarda mehnat qonunchiligiga xalqaro meyorlar tatbiq qilinmoqda. Xodimlarga berilayotgan imtiyozlar ko‘lami kengaymoqda.
Yangi O‘zbekistonning izchillik bilan rivojlanishida mehnatsevar xalqimiz turmush farovonligining tobora ortib bormoqda. Inson manfaati, inson qadr-qimmati eng yuqori pog‘onalarga ko‘tarila boshladi.
Jamoa shartnomasi universitetning barcha xodimlari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga tadbiq etilmoqda.
Ushbu jamoa shartnomalariga xodimlarning manfatlarini ko‘zlab, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida qonunda belgilanmagan ijtimoiy ta’tillar kiritilishiga erishildi. Jumladan:
- xodimning yaqin qarindoshi vafot etganda - 3 kun;
- xodim yoki farzandlarining to‘y marosimini o‘tkazishda - 3 kun;
- tabiiy ofatlar yuz berganda - 5 kun;
- respublikamizning tarixiy obidalari, yodgorliklari, qadamjorlariga ziyoratga va sayohatlarga yuborilganda – 3-5 kun muddatga ijtimoiy ta’tillar olish huquqidan foydalanish tadbirlari kiritilishiga erishildi .
Xodimlar ish unumdorligining yuqori bo‘lishi u qilayotgan mehnatiga munosib ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi bilan bog‘liqdir. Shu yuzadan Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori standartlariga ish beruvchilar tomonidan qat’iy rioya etilishini nazorat qilinmoqda.
Xodimlarni sog‘lomlashtirish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2020-yilda pandemiya davri bo‘lganligi uchun xodimlar va ularning oila a’zolariga sanatoriya va dam olish uylariga imtiyozli yo‘llanmalar ikki nafar xodimlarga yo‘llanmalar berildi.
2020-2024-yillarda universitet xodimlarining sanatoriyalarda sog‘ligini tiklash maqsadida xodimlar va ularning oila a’zolariga jami 334 nafar xodimlarga sanatoriylarga imtiyozli yo‘llanmalar berildi.
Universitetda mehnat qilayotgan xodimlar farzandlarining 282 nafariga yozgi bolalar oromgohlariga imtiyozli yo‘llanmalar ajratildi. Shundan 60 nafar o‘quvchi-yoshlarga bepul yo‘llanmalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 07-fevraldagi PQ-3514-sonli “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida o‘tgan besh yil davomida 525 nafar xodimlar va ularning oila a’zolarini o‘z hududlaridagi diqqatga sazovor joylarga va respublikaning tarixiy shaharlariga sayohatlarini tashkil etildi.